Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bundan buyon Afg‘oniston hududidan hujum bo‘lmaydi» – Amirxon Muttaqiy

«Bundan buyon Afg‘oniston hududidan hujum bo‘lmaydi» – Amirxon Muttaqiy

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov «Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy rivojlanish» mavzusidagi Xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun tashrif buyurgan Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri v.b. Amirxon Muttaqiy bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Amirxon Muttaqiy Afg‘oniston hududi bundan buyon O‘zbekiston va mintaqaning boshqa davlatlari uchun xavf tug‘dirmasligini bildirdi.

Afg‘oniston delegatsiyasi rahbari O‘zbekiston tomoniga Afg‘onistonga Termiz shahridagi ko‘p funksiyali transport-logistika xabi, shuningdek, energetika va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish orqali ko‘rsatilayotgan insonparvarlik yordami uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Vladimir Norov afg‘on tomonini xalqaro hamjamiyatning asosiy talablarini tez fursatlarda bajarish, jumladan, keng vakillikka asoslangan hukumat tuzish, ayollar va milliy ozchiliklar huquqlariga rioya etish, qizlarning to‘laqonli maktab ta’limi bilan ta’minlash bo‘yicha samarali choralar ko‘rishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 5 iyul kuni Termiz shahriga Afg‘oniston hududidan snaryadlar kelib tushgandi. Zabihulloh Mujohid hodisa yuzasidan bayonot berib aybdorlar qidirilayotganini aytgan. Oradan ko‘p o‘tmay, O‘zbekistonga raketa hujumlarini uyushtirgan guruh qo‘lga olindi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring