Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Deputat olib qo‘yilgan yer uchastkalariga kompensatsiya to‘lash bo‘yicha Toshkent shahar hokimiga deputatlik so‘rovi yubordi

Deputat olib qo‘yilgan yer uchastkalariga kompensatsiya to‘lash bo‘yicha Toshkent shahar hokimiga deputatlik so‘rovi yubordi

O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Shuhrat Sharofutdinov Toshkent shahar hokimiga deputatlik so‘rovi yubordi.

Yangilangan Konstitutsiyaning 47-moddasida uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi belgilangan.

Bundan tashqari, «Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi Qonunda esa jismoniy va yuridik shaxslarning yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishda kompensatsiya to‘lovlarini to‘lash tartibi, muddati va hajmini aniqlash mexanizmlari batafsil aks etgan.

Shunga qaramay, so‘ngi vaqtlarda mahalliy hokimliklar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan yer uchastkalari uchun kompensatsiya to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lanmasligi, turli bahonalar bilan mulkdorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazilayotgani, ba’zi holatlarda boshqa shu kabi nojo‘ya harakatlar haqida ko‘plab murojaat kelib tushmoqda.

Shu bois O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Shuhrat Sharofutdinov Toshkent shahar hokimiga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan yer uchastkalari va unda joylashgan ko‘chmas mulk ob’yektlari egalariga kompensatsiya to‘lashda vujudga kelayotgan qonun buzilishi holatlari yuzasidan deputatlik so‘rovi yubordi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring