Dunyo liderlari Shavkat Mirziyoyevga Ramazon tabriklarini yubormoqda
Muqaddas Ramazon oyi kirib kelgani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga xorijiy mamlakatlarning davlat va hukumatlari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat va din arboblaridan qutlovlar kelmoqda.
Tabriknomalarda xorijiy hamkorlar mamlakatimiz yetakchisi va ko‘p millatli O‘zbekiston xalqiga o‘zining chuqur hurmat-ehtiromini bildirib, tinchlik-osoyishtalik, taraqqiyot va ravnaq yo‘lida yangi muvaffaqiyatlar tilagan.
Jumladan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud;
Saudiya Arabistoni Valiahdi, Vazirlar Kengashi Raisi Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud;
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an;
Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy;
Birlashgan Arab Respublikasi Prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum;
Quvayt Davlati Amiri Tamim bin Hamad Ol Taniy;
Quvayt Davlati Amirining o‘rinbosari Abdulloh bin Hamad Ol Taniy;
Iordaniya Podshohi Abdulla II;
Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;
Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha;
Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev;
Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda.
Qutlovlar kelishda davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter