Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YI O‘zbekiston hukumatiga minnatdorlik bildirdi

YI O‘zbekiston hukumatiga minnatdorlik bildirdi

Buxoro viloyati sudida 2022-yil 1-2-iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish davom etmoqda. Yevropa Ittifoqi ushbu mahkama jarayoni yuzasidan bayonot berdi.

«Yevropa Ittifoqi Qoraqalpog‘istonda iyul oyi boshida yuz bergan fojiali voqealar bilan bog‘liq harakatlarda ayblanayotgan 22 nafar shaxs ustidan Buxoro shahrida o‘tkazilayotgan sud jarayonini diqqat bilan kuzatmoqda. Biz O‘zbekiston hukumatiga jarayonni jamoatchilik, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari uchun ochiq va shaffofligini hamda bevosita to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiyani ta’minlagani uchun minnatdorlik bildiramiz va jarayonni adolatli hamda xolis bo‘lishiga umid bildiramiz», – deyiladi rasmiy munosabatda.

YeI, ayni choqda, O‘zbekiston hukumatini xalqaro huquq me’yorlari doirasidagi majburiyatlarini bajarishga undagan.

«Biz hukumatni fikrni erkin izhor qilish va yig‘ilishlar erkinligi bo‘yicha, shu jumladan, GSP+ doirasidagi o‘z majburiyatlarini bajarishga chaqiramiz. Shuningdek, biz Qoraqalpog‘istondagi voqealar bo‘yicha tergov komissiyasining ishlari natijasini yaqin kunlarda olishni sabrsizlik bilan kutmoqdamiz va ushbu natijalar jamoatchilikka e’lon qilinishiga umid qilamiz», – deyiladi bayonotda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring