Ibrohim Raisiy rafiqasi bilan Toshkentga yetib keldi
Bugun, 9 noyabr kuni Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy rafiqasi Jamile Alamolxoda hamrohligida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining XVI sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Toshkent xalqaro aeroportida uni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Shundan so‘ng, Oliy martabali mehmon o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga jo‘nab ketdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter