Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevrokomissiya vitse-prezidenti O‘zbekistonga kelmoqda

Yevrokomissiya vitse-prezidenti O‘zbekistonga kelmoqda

Foto: YeK matbuot xizmati

Ertaga, 16 yanvar kuni Yevropa komissiyasi (YeK) vitse-prezidenti Margaritis Sxinas O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda YeIning Toshkentdagi delegatsiyasi ma’lum qildi.

Amaliy tashrif davomida yevropalik yuqori martabali mehmon O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev va tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uchrashadi.

«Men Markaziy Osiyoning barcha beshta davlatiga sayohat boshlamoqdaman. Tashrif 29-30 yanvar kunlari Bryusselda bo‘lib o‘tadigan «Yevropa – Markaziy Osiyo» investorlar forumi oldidan bo‘lib o‘tadi hamda Yevropa Ittifoqi va mintaqa o‘rtasidagi hamkorlikning ortib borayotganidan dalolat beradi», – deb yozdi YeK vitse-prezidenti ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Bu – Margaritis Sxinasning O‘zbekistonga so‘nggi ikki yil ichidagi ikkinchi tashrifidir. 2021 yil noyabr oyida yurtimizda mehmon bo‘lgan Yevrokomissiya vitse-prezidenti prezident Sh.Mirziyoyev bilan uchrashib, ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilgandi.

Qirg‘iziston matbuoti xabariga ko‘ra, Margaritis Sxinas bugun Bishkekda mamlakat prezidenti Sadir Japarov va hukumat rahbariyati bilan uchrashadi.

2019 yildan buyon YeK vitse-prezidenti vazifasida ishlab kelayotgan, asli gretsiyalik siyosatchi M.Sxinasning vakolat doirasiga migratsiya, xavfsizlikdan tortib inklyuzivlik va tenglikga qadar – keng qamrovli masalalar kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring