Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa diplomatlari O‘zbekiston xalqini o‘zbek tilida tabrikladi (video)

Yevropa diplomatlari O‘zbekiston xalqini o‘zbek tilida tabrikladi (video)

Yevropa Ittifoqi davlatlari elchilari O‘zbekiston xalqini Mustaqillikning 32 yilligi bilan original usulda tabrikladi.

Diplomatlar o‘zi faoliyat yuritib kelayotgan mamlakat xalqiga ehtirom ramzi sifatida qutlovni o‘zbek tilida yo‘llagan.

Jumladan, YeIning O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari, elchi Sharlott Adrian, Chexiya elchisi Vatslav Yilek, Fransiya elchi Oreliya Bushez, Germaniya elchisi Tilo Klinner, Italiya elchisi Agostino Pinna, Latviya elchisi Reynis Troksha, Ruminiya elchisi Daniel Chobanu, Slovakiya elchisi Viktor Boretskiy, shuningdek, Bolgariya, Vengriya va Ispaniya diplomatlari samimiy tilaklarini bildirgan.

«O‘zbekistonga o‘zi tanlagan yo‘lda omad va muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin! Aloqalarimiz mushtarak qadriyatlar asosida rivojlansin», – deydi diplomatlar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring