Yevropa kengashi prezidenti Toshkentda daraxt ekdi
Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida «Ko‘ksaroy» qarorgohining Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi.
Ushbu ezgu an’ana O‘zbekiston-YeI munosabatlarini yanada chuqurlashtirishga qaratilgan oliy darajadagi muzokaralarning natijalarini mustahkamlaydi.
Bugun oliy martabali mehmon Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining O‘zbekistondagi yangi ofisi ochilishida ishtirok etishi, Samarqand shahrining tarixiy-me’moriy obidalari bilan tanishishi ko‘zda tutilgan. Shu bilan Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishelning mamlakatimizga tashrifi yakunlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter