Farhod Ermanovning senatorlik vakolati muddatidan avval tugatildi
Oliy Majlis Senati a’zosi Farhod Ermanov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Qaroriga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi lavozimiga tayinlanganligi munosabati bilan uning yozma arizasiga ko‘ra, senatorlik vakolati muddatidan ilgari tugatildi.
Markaziy Saylov komissiyasi uning vakolatini tugatish bo‘yicha qarorni tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, Farhod Ermanov Xorazm viloyati hokimligidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi lavozimiga tayinlangandi. Shuningdek, Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayevning ham vakolati tugatildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter