Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Gumondorning huquqlari u ushlangan paytdayoq xavf ostida qoladi» — prezident

«Gumondorning huquqlari u ushlangan paytdayoq xavf ostida qoladi» — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev huquq-tartibot organlari tomonidan shaxs qo‘lga olinganda, u nima uchun ushlangani va qanday huquqlarga ega ekani tushuntirilmayotgani aytilgan.

«Natijada, gumon qilinuvchining huquqlari ushlangan dastlabki vaqtdayoq xavf ostida qoladi. Bunday holatlarning oldini olish maqsadida ko‘plab davlatlarning Konstitutsiya va qonunlarida hamda inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlarda aks etgan «Miranda qoidasi»ni qo‘llash lozim. Ya’ni, shaxsni ushlash chog‘ida uning huquqlari va nima sababdan ushlangani sodda tilda tushuntirilishi shart», degan davlat rahbari.

Bundan tashqari, «Xabeas korpus» institutini rivojlantirish zarurligi aytilgan. Ya’ni, shaxs sudning qaroriga qadar ko‘pi bilan qirq sakkiz soatdan ortiq ushlab turilishi mumkin emas.

«Agar sud tomonidan shaxsni hibsga olish yoki unga nisbatan boshqacha turdagi ozodlikni cheklash haqida qaror belgilangan muddatda qabul qilinmasa, bunday shaxsni darhol ozod qilish kerakligi haqidagi normani ham Konstitutsiyada aks ettirishimiz zarur», degan prezident.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring