Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olmaliq shahar hokimi iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari lavozimini egalladi

Olmaliq shahar hokimi iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari lavozimini egalladi

Foto: «Olmaliq hayoti»

O‘zbekiston Prezidentining 2019-yilning 24-iyulidagi qarori bilan Olmaliq shahar hokimi lavozimida faoliyat yuritayotgan O‘ktamjon Dehqonboyevich Karimov O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda «Olmaliq hayoti» kanali xabar berdi. 

U bu lavozimda «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan Umid Salimovning o‘rnini egalladi.

O‘ktamjon Karimov o‘tgan yili avgust oyida Olmaliq shahri hokimi lavozimini egallagandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring