Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Italiya prezidenti O‘zbekistonga keldi

Italiya prezidenti O‘zbekistonga keldi

Foto: O‘zA.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella 9-noyabr kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.

Bu haqda O‘zA xabar berdi. 

Tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

Kun tartibidan O‘zbekiston bilan Italiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va ustuvor yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring