Jahongir Ortiqxo‘jayev senatorlar safidan chiqarildi
O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining 30 yanvardagi qarori bilan sobiq Toshkent shahri hokimi va xalq deputatlarining Toshkent shahar Kengashi deputati Jahongir Ortiqxo‘jayev Oliy Majlis Senati a’zolari ro‘yxatidan chiqarildi.
Bu haqda MSK rasmiy saytida xabar berildi.
Qaror xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati vakolatlari muddatidan oldin tugatilgani, shuningdek, uning Senat a’zosi sifatidagi vakolatlarini zimmasidan soqit qilish to‘g‘risidagi yozma arizasini hisobga olgan holda qabul qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Jahongir Ortiqxo‘jayev yanvar oyi o‘rtasida Toshkent shahar hokimi lavozimidan olingandi. Shuningdek, bir necha kun avval uning shahar kengashiga deputatlik vakolati tugatilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter