Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kichik Bush AQSh hukumatini Putin bilan «ehtiyot bo‘lib muomala qilish»ga chaqirdi

Kichik Bush AQSh hukumatini Putin bilan «ehtiyot bo‘lib muomala qilish»ga chaqirdi

Foto:«AP»

AQShning sobiq  prezidenti kichik Jorj Bush rasmiy Vashingtonni Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan munosabatda ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. U bu haqda «Fox Business»ga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Bushning so‘zlariga ko‘ra, Putin «aqlli taktik» hisoblanadi.

«Muammo shundaki, u ko‘p masalalarga «Men yutishim va AQSh yutqazishi kerak» qabilida yondashadi. Putinning  Sovet Ittifoqi endi mavjud bo‘lmasa ham, uning ta’sir doirasini tiklashga harakat qiladigan agressiv insonligidan hayratlanmayman», — degan Jorj Bush. 

U, shuningdek, Putin bilan muzokarada irodali bo‘lish kerakligini aytgan.

«Jangovar emas, aynan irodali bo‘lish lozim», — deya urg‘u bergan sobiq prezident. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring