Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kim Chen In buyruq berdi: KXDR Koreya Respublikasi bilan yarashmoqchi

Kim Chen In buyruq berdi: KXDR Koreya Respublikasi bilan yarashmoqchi

KXDR yetakchisi Kim Chen In.

Foto: «REUTERS»

KXDR yetakchisi Kim Chen In (aslida uning ismi Kim Jong Un deb o‘qiladi, biroq o‘zbekchaga rus tili orqali Kim Chen In deb o‘qish kirib qolgan va ko‘pchilik uni shu nom bilan taniydi) mamlakat xalqiga yo‘llagan murojaatida Koreya Respublikasi bilan munosabatlarni yaxshilash uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga buyurdi. Bu haqda 7-yanvar kuni Koreya markaziy telegraf agentligiga tayangan holda TASS xabar qildi.

«O‘tgan gaplarni, xususan, Seul bilan salbiy munosabatlarni qo‘zg‘ashga hojat yo‘q. buning o‘rniga Shimol va Janub aloqalarini yaxshilashga harakat qilish lozim», deyiladi materiallarda.

Koreya markaziy telegraf agentligi ta’kidlaganidek, koreys xalqining Koreya yarim orolidagi keskinlikni to‘xtatish uchun birlashishga bo‘lgan sa’y-harakatlari boshlash vaqti keldi. «Bu yerda gap nafaqat ikki Koreya mamlakati munosabatlarini normallashtirish, balki millat, uning ixtiyoriy birlashuvi haqida ham bormoqda», dedi agentlik.

Koreya Respublikasi va KXDR 3-yanvar kuni birgalikda chegarada Panmunjom qishlog‘ida maxsus aloqa liniyasini qayta tikladi. 5-yanvar kuni Koreya birlashuvi bo‘yicha vazirligi Pxenyan hamda Seulning 2015-yil dekabr oyidan buyon birinchi marta oliy darajadagi muzokaralarni o‘tkazish taklifini qabul qilganini e’lon qildi.

Muzokaralar 9-yanvar kuni chegara yaqinidagi Panmunjon qishlog‘ida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Shimoliy koreyalik sportchilarning Janubiy Koreyaning Pyonchang shahrida bo‘lib o‘tadigan Qishki olimpiya o‘yinlaridagi ishtiroki muzokaralarning asosiy mavzusi bo‘lishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring