Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ko‘ksaroy qarorgohida Mun Chje Inni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi (video)

Ko‘ksaroy qarorgohida Mun Chje Inni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi (video)

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ko‘ksaroy qarorgohida Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje Inni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali marosim «O‘zbekiston 24» telekanali va O‘zbekiston Prezidentining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiya qilindi.

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi prezidentlarining Ko‘ksaroydagi muzokaralarida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida alohida strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyani qabul qilish rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring