Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kun fotosi: To‘ra Bobolov Afg‘onistonda

Kun fotosi: To‘ra Bobolov Afg‘onistonda

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev va Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov boshchiligidagi mamlakatimiz rasmiylarini Hayraton shahrida Balx viloyati gubernatori Qudratillo Abu Hamza va provinsiyaning boshqa boshqaruv idoralari vakillari kutib oldi.

Mamlakatimiz rasmiylari avtoulovlarda Hayraton shahri orqali viloyat markazi Mozori Sharif shahriga yo‘l oldilar.

Avval xabar berilganidek, bugun Mozori Sharifda O‘zbekiston Respublikasining Afg‘oniston xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring