Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

KXDR Koreya yarimorolini yadro qurollaridan xoli hududga aylantirish istagida (video)

KXDR Koreya yarimorolini yadro qurollaridan xoli hududga aylantirish istagida (video)

KXDR AQSh bilan muzokaralar ketayotgan davrda raketa-yadroviy dasturini muzlatishga tayyorligini e’lon qildi. O‘z navbatida Donald Tramp buning uchun rasmiy Pxenyanni olqishladi, deya xabar bermoqda «Euronews».

Bundan tashqari, KXDRning Koreya yarimorolini yadro qurollaridan xoli hududga aylantirish istagi borligi ham qayd etildi. Bu haqda Janubiy Koreya Milliy Xavfsizlik Kengashi rahbari ma’lum qildi. U, shuningdek, Shimoliy Koreya rejimi Qo‘shma Shtatlar bilan muloqotni boshlash istagi borligini aytdi.

Bunga javoban Donald Tramp «Twitter»dagi sahifasida quyidagi fikrlarni bayon qildi: «Men Janubiy va Shimoliy Koreyaning bu bayonoti ijobiy deb hisoblayman. Pxenyan bilan munosabatlarimiz quruq gaplar tufayli uzoqlashib ketdi. Agar ushbu gapirilayotgan gaplar haqiqat bo‘lsa, bu Shimoliy Koreya va butun yarimorol uchun juda yaxshi».

Pxenyanda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Janubiy Koreya delegatsiyasiga boshchilik qilgan mulozim ikki davlat rahbarlari o‘rtasida aprel oyining oxirida yuqori darajadagi uchrashuv tashkil etilishi haqida xabar berdi. Bu koreyalararo uchinchi sammit bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, ikki davlat delegatsiyalarining uchrashuvi Koreya ishchi partiyasi shtab-kvartirasida tashkil etildi. Uchrashuv doirasida Kim Chen In bilan to‘rt soatlik muzokaralar bo‘lib o‘tdi. 6 mart kuni Janubiy Koreya delegatsiyasi qo‘shni davlatga tashrifini yakunladi va Seulga qaytib keldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring