Makron Suriyaga hujum yuzasidan bayonot bilan chiqdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, fransuzlarning hujumi kimyoviy qurol qo‘llanishi mumkin bo‘lgan ob’yektlargagina yo‘naltiriladi.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan Suriyadagi ob’yektlarga havo hujumlari boshlanganidan keyin bayonot berdi. Bayonot matni Yelisey saroyi saytida e’lon qilingan. «Men Fransiya qurolli kuchlariga xalqaro koalitsiya tarkibida turib Suriyadagi kimyoviy ob’yektlarga zarba berishga buyruq berdim», — deyiladi unda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, fransuzlarning hujumi kimyoviy qurol qo‘llanishi mumkin bo‘lgan ob’yektlargagina yo‘naltiriladi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyaga hujum boshlangani, bu harbiy harakatlarga Buyuk Britaniya va Fransiya qo‘shilganini aytgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter