Maqsad nima? Qirg‘iziston Respublikasi Jo‘g‘orku Keneshi To‘rog‘asi Toshkentga keldi

Qirg‘iziston Respublikasi Jo‘g‘orku Keneshi To‘rog‘asi Dostonbek Jumabekov
2017-yil 20-dekabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi Jo‘g‘orku Keneshi To‘rog‘asi D.Jumabekov rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati xabar berdi.
Tashrif doirasida qator uchrashuvlar rejalashtirilgan. Yuqori martabali mehmon, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida ham bo‘ladi. Uchrashuvlar va muzokaralar davomida tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga doir muhim masalalarni, parlamentlararo aloqalarni, shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish istiqbollarini muhokama qiladilar.
Tashrif dasturida Samarqand shahrining madaniy-tarixiy, diqqatga sazovor joylarini borib ko‘rish, Mustaqillik maydonidagi Mustaqillik va ezgulik monumentiga gulchambar qo‘yish, «Chingiz Aytmatov va O‘zbekiston» ekspoziyasi hamda «Hazrati Imom» majmuasi bilan tanishish nazarda tutilgan.
Tashrif yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati va Qirg‘iz Respublikasi Jo‘g‘orku Keneshi o‘rtasida ikki tomonlama parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha 2018 yilga mo‘ljallangan Amaliy tadbirlar rejasini («Yo‘l xaritasi»ni) imzolash rejalashtirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter