Markaziy Osiyo rahbarlarining 4-maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi 4-maslahat uchrashuvi shu oyda Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadi.
21 iyul kuni Issiqko‘l ko‘li bo‘yidagi Cho‘lponota kurort shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan sammitda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlari qatnashadi.
Eslatib o‘tamiz, oldingi uchrashuv 2021 yil avgustda Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tgan. Sammitda mintaqaviy va xalqaro masalalar ko‘rib chiqilishi kutilyapti.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvini o‘tkazish tashabbusi Shavkat Mirziyoyevdan chiqqan edi. Birinchi sammit Ostona, ikkinchisi Toshkent va uchinchisi Ashxobodda bo‘lib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov mazkur sammitga tayyorgarlik ko‘rish jarayonini telefon orqali muhokama qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter