Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirziyoyev Misr prezidentini qayta saylangani bilan tabrikladi

Mirziyoyev Misr prezidentini qayta saylangani bilan tabrikladi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisiga uning ushbu lavozimga qayta saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

Tabrikda so‘nggi yillarda birgalikdagi sa’y-harakatlar, qat’iy siyosiy iroda va oliy darajadagi faol muloqotlar natijasida O‘zbekiston bilan Misr o‘rtasidagi ko‘p qirrali va uzoq muddatli aloqalar sifat jihatidan mutlaqo yangi bosqichga olib chiqilgani qayd etilgan va kelgusida yanada yuksak pog‘onaga ko‘tarilishiga ishonch bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, as-Sisi 10-12-dekabr kunlari o‘tgan saylovlarda 89,6 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring