Nemis vaziri Afg‘oniston masalasida O‘zbekistonga kelyapti

Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas 29 avgust kuni Osiyoga safarini boshlaydi va Tojikiston, O‘zbekiston va Pokistonga boradi.
Shuningdek, Maas Turkiya va Qatarga ham safar qiladi. Safar davomida ko‘rib chiqiladigan asosiy masala Afg‘onistondagi beqaror vaziyat bo‘ladi.
«Biz, xalqaro hamjamiyat Afg‘onistondagi yangi rahbariyatga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishimiz kerakligi, yangi hukumat bilan qanday shartlar asosida kelishuvlarga erishishimiz kerakligini muhokama qilamiz», dedi Maas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter