Nima uchun Yevropada siyosiy liderlarni saylovchilar qo‘llamayapti? (video)
Yevropada qiziq bir holat kuzatilmoqda. Dunyo siyosatida katta rol o‘ynayotgan Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya rahbarlari tashqi siyosatda faol ko‘rinsa-da, o‘z mamlakatlarida ularning reytinglari pasayib bormoqda.
Makron, Mers va Britaniya rahbariyati ichki muammolar sabab saylovchilar tanqidiga uchramoqda. Iqtisodiy qiyinchiliklar, migratsiya, inflyasiya va xavfsizlik masalalari odamlarning kayfiyatiga jiddiy ta’sir qilmoqda. Shunday savol tug‘iladi, Yevropa demokratiyasi yangi sinov oldida turibdimi?
Yana bir intervyumiz siyosatshunos, ekspert Sayfiddin Jo‘rayev bilan mana shu mavzuda bo‘ldi.
Shuningdek, Sayfiddin Jo‘rayevdan yana bir qator savollarga javob oldik.
-Reytinglarning tushishi iqtisodiy qiyinchiliklar natijasimi yoki yevropalik saylovchilarning siyosatga munosabati o‘zgaryaptimi?
- Nima uchun an’anaviy partiyalarga ishonch pasaymoqda? Bu demokratiyaning inqirozimi yoki tabiiy siyosiy jarayonmi?
- Ko‘pchilik Yevropa davlatlarida migratsiya eng bahsli mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu siyosat davlatlarga qanchalik ta’sir qilyapti?
- Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, odamlar ijtimoiy sohalarga emas, harbiy xarajatlarga ko‘proq mablag‘ ajratilayotganidan norozi. Bu reytinglarga ta’sir qilyaptimi?
- Ularning tashqi siyosatdagi pozitsiyasi bir xil. Lekin nega tashqi siyosatdagi faollik ichki siyosatda ularga siyosiy e’tibor olib kelmayapti?
- Tahlilchilarning fikricha, Yevropa siyosiy tizimi yangi bosqichga o‘tyapti. Bu borada siz nima deysiz?
- Yaqin yillarda Yevropada yangi siyosiy avlod hokimiyatga kelishi mumkinmi yoki hozirgi yetakchilar vaziyatni o‘zgartira oladimi?
Yevropadagi siyosiy jarayonlar shuni ko‘rsatmoqdaki, tashqi siyosatda kuchli ko‘ringan rahbar ham ichki muammolarni hal qila olmasa, saylovchi uni qo‘llab-quvvatlamaydi. Iqtisodiy barqarorlik, aholi farovonligi va davlat boshqaruviga bo‘lgan ishonch hozir har qachongidan ham muhim omilga aylangan. Shu bois Yevropa oldida nafaqat tashqi xavfsizlik, balki ichki siyosiy barqarorlikni saqlab qolish vazifasi ham turibdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter