Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nurdinjon Ismoilov Qonunchilik palatasi spikeri lavozimiga saylandi

Nurdinjon Ismoilov Qonunchilik palatasi spikeri lavozimiga saylandi

Ayni vaqtda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining birinchi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unga ko‘ra Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Spikeri lavozimiga saylov o‘tkazildi. Bu haqda Xabar.uz muxbiri ma’lum qildi.

Yig‘ilish davomida Ismoilov Nurdinjon Mo‘ydinxonovich nomzodi spiker sifatida ko‘rsatildi. Yig‘ilishda ishtirok etayotgan 150 deputatdan 147 nafari Ismoilov nomzodini qo‘llab ovoz berdi.

Nurdin Ismoilov 1959-yilda Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek, oliy ma’lumotli huquqshunos, yuridik fanlari nomzodi. Uzoq yillar sud va prokuratura tizimida faoliyat olib borgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring