Ohangaron tuman hokimi lavozimidan ozod etilib, o‘rniga boshqasi tayinlandi
Bugun Xalq deputatlari Ohangaron tumani Kengashining navbatdan tashqari 86-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi G‘ofur Mirzayev va Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.
Kun tartibida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Abdullayev Abdurasul Ne’matovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Ohangaron tumani hokimi lavozimidan ozod etildi.
Muhiddinov Erkin Madorbekovich Ohangaron tumani hokimi etib tayinlandi.
E. Muhiddinov 1976 yili Andijon viloyati Andijon shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1997 yili Andijon iqtisodiyot boshqaruv instituti, 2000 yili Bank-moliya akademiyasi, 2007 yilda Rivojlanayotgan iqtisodiyotlar instituti Oliy maktabini (IDEAS-JETRO, Yaponiya) tamomlagan
Tayinlovga qadar, Erkin Muhiddinov Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter