Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlarimiz Nobel oladimi? Prezident takliflarni birma-bir eshitdi (video)

Olimlarimiz Nobel oladimi? Prezident takliflarni birma-bir eshitdi (video)

Foto: «President.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-aprel kuni O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademik S.Yu.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi institutiga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.

U yerda Prezident oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar va yosh tadqiqotchilar bilan suhbatlashgan edi.

Mazkur uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev har bir olim va ilmiy xodimni birma-bir tinglab, ularning takliflarini qabul qildi. Muammolarga yechim topish uchun joyida topshiriqlar berdi.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yo‘ldoshev uchrashuv so‘ngida so‘z olib, barcha e’tibor uchun Prezidentga minnatdorlik bildirdi.

— Siz hozir bu yerda juda ko‘plab muammolarga yechim topib berdingiz. O‘zingiz aytganingizdek, hech bo‘lmaganda yaqin uch yil ichida oxirida Nobel mukofotiga olib boradigan ilm-fanning istiqbolli yo‘nalishini aniqlab olishimiz kerak, — dedi B.Yo‘ldoshev.

Quyida mazkur uchrashuvga bag‘ishlangan ko‘rsatuvni ko‘rishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring