Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ostonada ilk bor «Markaziy Osiyo – Rossiya» sammiti o‘tkazilmoqda

Ostonada ilk bor «Markaziy Osiyo – Rossiya» sammiti o‘tkazilmoqda

Sammitda davlat rahbarlarining so‘zga chiqishi hamda hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini olti tomonlama formatda muhokama qilish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, oliy darajadagi uchrashuv davomida Afg‘onistondagi vaziyatni inobatga olgan holda mintaqaviy xavfsizlik masalalari hamda hozirgi geosiyosiy vaziyat, oziq-ovqat, xomashyo hamda logistika narxlari oshib borayotgan sharoitda savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Yevroosiyo makonidagi mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalarini aks ettiruvchi Davlat rahbarlarining qo‘shma bayonoti qabul qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring