Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek va qirg‘iz TIV rahbarlari telefonlashib oldi

O‘zbek va qirg‘iz TIV rahbarlari telefonlashib oldi

Bugun, 6 may kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Jeyenbek Kulubayev bilan telefon orqali muloqot qilgan.

Tomonlar turli sohalarda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarining dolzarb masalalarini muhokama qildilar. Ikki mamlakat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli keyingi yillarda O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani, yangi mazmun bilan boyigani aytilgan.

Shuningdek, bo‘lajak tadbirlar jadvali, kun tartibi va tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring