Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston BMT «Yoshlar-2030» strategiyasini jadal amalga oshirayotgan 10 ta davlat qatoriga kirdi

O‘zbekiston BMT «Yoshlar-2030» strategiyasini jadal amalga oshirayotgan 10 ta davlat qatoriga kirdi

Illyustrativ foto

Yoshlarga oid islohotlarni xalqaro hamjamiyat ham keng e’tirof etayotgani ta’kidlandi.

O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti «Yoshlar-2030» strategiyasini jadal amalga oshirayotgan 10 ta davlat qatoriga kirdi.

Yoshlar taraqqiyot indeksida mamlakatimiz yoshlar siyosati sohasida eng tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan davlat, deb topildi.

Buxoro shahri Turkiy dunyo yoshlari poytaxti, Toshkent shahri Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi yoshlari poytaxti maqomini oldi.

Shu kunlarda yurtimizda o‘tkazilayotgan Global yoshlar festivalida 30 dan ortiq davlatdan kelgan 300 nafardan ziyod yoshlar, 10 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.

Prezident ushbu forum nafaqat mamlakatimiz, balki butun dunyo yoshlari uchun samarali hamkorlik va o‘zaro tajriba almashish maydoni bo‘lib xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring