Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston prezidentining Ozarbayjonga amaliy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston prezidentining Ozarbayjonga amaliy tashrifi yakunlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Boku shahriga amaliy tashrifining tadbirlarga boy dasturi yakuniga yetdi.

O‘zbekiston yetakchisi Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasida ishtirok etib, shaharlarni barqaror rivojlantirish va shaharsozlik siyosatini takomillashtirishga qaratilgan qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Forum doirasida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich hamda BMTning Aholi punktlari bo‘yicha dasturi ijrochi direktori Anaklaudiya Rossbax bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

Boku xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Ozarbayjon madaniyat vaziri Odil Karimli va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring