Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Prezidentining Qirg‘izistonga amaliy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Prezidentining Qirg‘izistonga amaliy tashrifi yakunlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘iziston Respublikasiga amaliy tashrifi yakunlandi.

Tashrif doirasida davlat rahbari Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining yubiley yig‘ilishida ishtirok etdi.

Sammitda ShHTning 25 yillik faoliyati sarhisob qilinib, tashkilot doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Yig‘ilish yakunida Bishkek deklaratsiyasi va qator muhim hujjatlar qabul qilindi. 

Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, BMTning adolatli ko‘p qutbli dunyo tartibotini shakllantirishdagi roliga bag‘ishlangan “ShHT plyus” formatidagi uchrashuvda nutq so‘zladi.

Prezident “ShHT plyus”ni mintaqalararo muloqot maydoni sifatida rivojlantirish, mintaqaviy tashkilotlarning Hamkorlik tarmog‘ini yaratish, loyiha va texnologiyalarning Ochiq bankini shakllantirish hamda “ShHT Invest” forumini doimiy platformaga aylantirishni taklif qildi. 

Sammit doirasida Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Shuningdek, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. 

Bishkekda O‘zbekiston Prezidenti rafiqasi bilan birga VI Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida ham ishtirok etdi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, davlat rahbari Toshkent shahriga qaytib keldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring