Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Malta diplomatik pasport egalari uchun vizasiz rejim joriy etyapti

O‘zbekiston va Malta diplomatik pasport egalari uchun vizasiz rejim joriy etyapti

TIV rahbari Baxtiyor Saidov Maltaning O‘zbekistondagi birinchi elchisi Karmelo Inguanezdan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

"Kun tartibimizdan ikki tomonlama aloqalarning huquqiy asoslarini mustahkamlash, parlamentlar o‘rtasida do‘stlik guruhlarini tashkil etish, iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, turizmni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim sohasida aloqalarni jadallashtirish va munosabatlarini yuksaltirishga qaratilgan boshqa yo‘nalishlar muhokamasi joy oldi.

Shuningdek, biz diplomatik pasport egalari uchun o‘zaro vizasiz rejim joriy qilish to‘g‘risida Bitim imzoladik", deya yozadi TIV rahbari. 

Baxtiyor Saidov avvalroq Qirg‘iziston elchisi Duyshonqul Chotonovdan ishonch yorliqlarini qabul qilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring