Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida muhim hujjatlar imzolandi: tafsilotlar

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida muhim hujjatlar imzolandi: tafsilotlar

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Boku shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi qarorini qabul qildilar.

Davlat rahbarlari huzurida qator ikki tomonlama hujjatlar almashildi. Shu jumladan:

- Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani 2025-2029-yillarda amalga oshirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi";

- Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;

- Fan, kasb-hunar va oliy ta’lim sohalarida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;

- 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan sanoat kooperatsiyasi dasturi;

- 2030-yilga qadar tovar ayirboshlashni 1 milliard dollarga yetkazish dasturi;

- 2025-2027-yillarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi;

- 2025-2027-yillarda ijtimoiy himoya sohasida hamkorlik bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;

- Kemachilik va kemasozlik sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

- Toshkent viloyati va Sumgait shahri, Navoiy va Gabala shaharlari o‘rtasida birodarlik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi kelishuvlar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring