Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 13-may kuni Toshkent shahrida Hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining yettinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi raisi o‘rinbosari Lyu Gochjun hamraisligida o‘tgan majlisda ko‘p qirrali sheriklik munosabatlari jadal rivojlanayotgani, bunda, davlat rahbarlari o‘rtasidagi do‘stona, yaqin, samimiy va birodarlik rishtalari muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

Yig‘ilishda tovar ayirboshlashni yanada oshirishga qaratilgan qo‘shma “Harakatlar rejasi”ni qabul qilish, Xitoyga mahsulotlarini uzoq muddatli va barqaror yetkazib berish uchun qo‘shimcha savdo imtiyozlarini joriy etish, sanoat kooperatsiyasini yanada kengaytirish, iqtisodiyotni barcha sohalarda qo‘shma raqobatbardosh loyihalarni amalga oshirish taklif etildi.

Tadbir so‘nggida, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlari eshitildi hamda Hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining yettinchi yig‘ilishi bayonnomasi imzolandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring