Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning Estoniyadagi birinchi elchisi tayinlandi

O‘zbekistonning Estoniyadagi birinchi elchisi tayinlandi

Foto:Tashqi ishlar vazirligi

29-oktyabr kuni O‘zbekistonning Latviyadagi elchisi Qadambay Sultonov mamlakatimizning Estoniyadagi birinchi favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Riga shahrida) sifatida ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Estoniya rezidenti Kersti Kalyulaydga ishonch yorliqlarini topshirish marosimi davlat rahbarining «Kadriorg» saroyida bo‘lib o‘tdi. 

Rasmiy marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan qisqa suhbat chog‘ida Kersti Kalyulayd birinchi marotaba O‘zbekistonning Estoniyadagi elchisini tayinlashi bilan O‘zbekiston-Estoniya hamkorlik darajasini ko‘targani uchun O‘zbekiston rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Kalyulayd Estoniya Shavkat Mirziyoyev rahbarligida iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizatsiya qilish, jamiyatni demokratlashtirishga qaratilgan faol ravishda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarga katta ahamiyat berishini ta’kidlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring