Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning ShHTdagi faol ishtiroki va Shanxay ruhining ahamiyati

O‘zbekistonning ShHTdagi faol ishtiroki va Shanxay ruhining ahamiyati

2025-yil 31-avgust - 1-sentyabr kunlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Tyanszin shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etadi.

Sammit va u bilan bog‘liq tadbirlarda 20 dan ortiq mamlakat yetakchilari va 10 ta xalqaro tashkilot rahbarlari ishtirok etadi.

O‘zbekiston ShHTni jahon jarayonlarida muhim rol o‘ynaydigan nufuzli xalqaro tashkilot deb biladi. Mamlakatimizning ShHT faoliyatidagi ishtiroki O‘zbekistonning milliy manfaatlariga to‘la mos keladi, xavfsizlik, iqtisodiy o‘sish va barqaror taraqqiyotni ta’minlashga xizmat qiladi.

O‘zbekiston ShHT asoschilari qatorida bo‘lib, uning faoliyatida muhim o‘rin egallaydi. Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlik, raqamlashtirish kabi yo‘nalishlarda dolzarb tashabbuslar ilgari surildi.

O‘zbekistonning ShHTdagi faol ishtiroki tufayli bir qator zarur mexanizmlar yaratildi, shuningdek, tashkilot faoliyati takomillashtirildi. 2022-yil Samarqandda bo‘lib o‘tgan ShHT sammiti tashkilotchilikni rivojlantirishning navbatdagi bosqichi bo‘ldi.

O‘zbekiston, ShHT doirasida faol hamkorlik aloqalarini mustahkamlab, pragmatizm, milliy o‘ziga xos xususiyatlarga hurmat va barqaror taraqqiyotga intilish asosida mintaqaviy hamkorlikning yangi standartini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Boshqacha aytganda, O‘zbekistonning tashkilot faoliyatidagi ishtiroki – tasodifiy tanlov emas, bu – strategik jihatdan puxta o‘ylangan, mamlakatning xavfsizligini, iqtisodiy o‘sishi va barqaror taraqqiyotini ta’minlaydigan qarordir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring