Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning sobiq elchisi yangi lavozimga tayinlandi

O‘zbekistonning sobiq elchisi yangi lavozimga tayinlandi

Hukumat qarori bilan Komil Kayumovich Rashidov Bosh vazir maslahatchisi – Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash masalalari departamenti mudiri etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu lavozim Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-avgustdagi PF-5785-son Farmoni  bilan kiritilgan edi.

Komil Rashidov avval O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi lavozimida ishlagan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring