«O‘zcharmsanoat»ga rais va o‘rinbosar tayinlandi
«O‘zcharmsanoat» uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Fahriddin Atoyevich Boboyevga «O‘zcharmsanoat» uyushmasining raisi vazifasini bajarish topshirildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Farhod Hasanovich Nurmuhamedov «O‘zcharmsanoat» uyushmasi raisining o‘rinbosari etib tasdiqlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «O‘zcharmsanoat» uyushmasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan S. Umurzoqov yangi tashkil etilgan Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri etib tayinlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter