Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident endi tadbirkorlar bilan har yili uchrashadi

Prezident endi tadbirkorlar bilan har yili uchrashadi

O‘zbekiston prezidentining tadbirkorlar bilan «Ochiq muloqot» tadbirini o‘tkazish bo‘yicha farmoyish loyihasi tayyorlanadi. Bu haqda 2022 yilgi davlat dasturida so‘z boradi.

Unga ko‘ra, har yili «20 avgust — Tadbirkorlar kuni» doirasida O‘zbekiston prezidenti tadbirkorlar bilan «Ochiq muloqot» tadbiri orqali uchrashuvlar o‘tkazadi.

Bunda:

  • «Ochiq muloqot» davomida bildirilgan takliflarni amalga oshirish yuzasidan «yo‘l xaritasi»ni tasdiqlash;
  • har bir hudud bo‘yicha aniq rejalar va erishiladigan maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilab olish;
  • yangi tashabbuslarning mazmun-mohiyati va ahamiyati, tadbirkorlarning fikr-mulohazalarini ommaviy axborot vositalarida yoritish ko‘zda tutiladi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2021 yil 20 avgust kuni ham tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazgandi va unda jami o‘n mingga yaqin tadbirkor ishtirok etgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring