Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident farmoni bilan 13 kishi senatorlikka tayinlandi

Prezident farmoni bilan 13 kishi senatorlikka tayinlandi

Foto:«Xabar.uz»

Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarini tayinlash to‘g‘risida»gi Farmonni imzoladi. Unga ko‘ra quyidagilar senatorlikka saylandi:

1. Ayupov Shavkat Abdullayevich — O‘z.R. Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori.

2. Bositxonova Elmira Irkinovna — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi.

3. Rafiqov Qudratilla Mirsagatovich — O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi.

4. Rahmonqulov Mir-Akbar Xoji-Akbarovich — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi o‘rinbosari.

5. Saidov Sirojiddin Salohovich — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi.

6. Sayfullayev Baxtiyor — O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri — O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori.

7. Sanaqulov Quvondiq — «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi bosh direktori.

8. Safoyev Sodiq Solihovich — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari.

9. Sa’dullayev Alisher Zafar o‘g‘li — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari.

10. Turdiyev Sodiqjon — O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi boshqaruvi raisi.

11. Xodjimatov Minhojiddin Mirzajanovich — Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari.

12. Xudoybergenov Tursinxon Aydarovich — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi.

13. Yuldashev Behzod Sodiqovich — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti

Kecha respublikaning barcha viloyatlari, Toshkent shahri hamda Qoraqalpog‘istonda Oliy Majlis Senati a’zolarini saylash jarayoni bo‘lib o‘tib, O‘zbekistonning yangi senatorlari nomi ma’lum qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring