Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident hokimlarga qo‘yilayotgan talabga to‘xtaldi

Prezident hokimlarga qo‘yilayotgan talabga to‘xtaldi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Toshkent shahri, Uchtepa tumanidagi faollar yig‘ilishida ishtirok etmoqda. Davlat rahbari hokimlar tomonidan olib borilayotgan ishlar va ularga qo‘yilayotgan talablarga to‘xtalib o‘tdi.

«Hokim qachon uxlashini odamlar tugul, uni olib yuradigan haydovchi ham bilmay qolishi kerak. Hamma ham bu ishni eplay olmaydi.

Hokim odamlarni yurakdan yaxshi ko‘rishi kerak, u boshqacha kriteriy bilan ishlay olmaydi.

Men juda og‘ir vaqtda Mirzo Ulug‘bek tumanida hokim bo‘lib ishlaganman. O‘shanda kimdir kelib mendan: «Qanday muammong bor?» deb so‘ramagan. So‘raydigan odamning o‘zi yo‘q edi.

Hokim qattiq ishlashi kerak. Davlat yuritayotgan siyosat hokimning ishida ko‘rinadi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring