Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Qatar delegatsiyasini qabul qildi: tafsilotlar

Prezident Qatar delegatsiyasini qabul qildi: tafsilotlar

Foto: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 dekabr kuni Qatar Davlatining Qonun ustuvorligini ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha markazi Vasiylik kengashi raisi Ali Muhsin al-Marriy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida rais al-Marriy davlatimiz rahbariga Qatar Amiri Tamim bin Hamad Ol Soniyning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston bilan Qatar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro savdo va investitsiyalar hajmi ortmoqda, yirik qo‘shma loyihalar tayyorlanmoqda va amalga oshirilmoqda.

Bo‘lajak muhim xalqaro tadbir – Qatar Amiri tashabbusi bilan ta’sis etilgan «Korrupsiyaga qarshi kurashishda ulkan yutuqlar uchun» global mukofotini topshirish marosimini O‘zbekistonda o‘tkazishga tayyorgarlikning borishi ko‘rib chiqildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, tajriba almashish va qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani tasdiqlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring