Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentlar yakkama-yakka uchrashuv o‘tkazdi

Prezidentlar yakkama-yakka uchrashuv o‘tkazdi

Foto: «President.uz»

Ko‘ksaroy qarorgohida Turkmaniston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shundan so‘ng davlat rahbarlari yakkama-yakka uchrashuv o‘tkazdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni O‘zbekistonga tashrifi bilan qutladi.

Muloqotda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatiga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Muzokaralar yakuni bo‘yicha davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, turli sohalardagi aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan ko‘plab hujjatlar imzolanishi mo‘ljallangan.

Prezidentlar Toshkent shahridagi Ashxobod sayilgohining ochilish marosimida ishtirok etishi, 24 aprel kuni Xorazm viloyatiga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring