Prezidentning yangi qarori qabul qilindi
Xorijdan nasldor qoramollarni olib kirish QQSdan ozod etiladi.
«Chorvachilik tarmog‘i va yaylov xo‘jaligini zamonaviy boshqaruv tizimi va yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–179-son, 12.05.2026-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, quyidagilar chorvachilik tarmog‘ini 2026–2028-yillarda rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi:
- chorvachilik (go‘sht va sut) mahsulotlarini sanoat usulida qayta ishlash darajasini 50 foizga olib chiqish;
- nasldor qoramollar ulushini 90 foizga yetkazish orqali chorva mollari mahsuldorligini oshirish va boshqalar.
2027-yil hosilidan boshlab paxta va boshoqli don joylashtirilishi nazarda tutilgan yer maydonlarining 50 foiziga ozuqabop ekinlarni joylashtirishga ruxsat etiladi.
2026-yil 1-iyuldan 2030-yil 1-yanvarga qadar aholi xonadonlarida identifikatsiya qilingan sigirlardan quyidagilar orqali olingan har bir bosh nasldor buzoq (identifikatsiya qilingan) uchun subsidiya ajratish yo‘lga qo‘yiladi:
- sun’iy urug‘lantirish orqali olinganda – 500 ming so‘mdan;
- embrionlarni ko‘chirib o‘tkazish (transplantatsiya) orqali olinganda – 700 ming so‘mdan.
2026-yil 1-iyundan boshlab 2029-yil 1-yanvarga qadar xorijdan nasldor qoramol, qo‘y va echkilarni O‘zbekiston hududiga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter