Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya bosh vaziri Samarqandga keldi

Rossiya bosh vaziri Samarqandga keldi

Foto: VisualRian

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Samarqandga keldi. U O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan ikki tomonlama komissiya majlisini o‘tkazadi. Mishustinning O‘zbekistondagi ish dasturi ertaga, 2-dekabrda boshlanadi, deb xabar berdi «Vesti».

Qo‘shma komissiya O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining dolzarb masalalarini muhokama qiladi. Savdo-iqtisodiy, sanoat va energetika sohalaridagi ishlarga alohida e’tibor beriladi, deb yozdi «Interfaks».

2-dekabr kuni ikki bosh vazir Rossiya-O‘zbekiston biznes-forumining sho‘’ba yig‘ilishida so‘zga chiqishi kutilmoqda. Tadbirda ishbilarmon doiralar vakillari savdo-iqtisodiy hamkorlik, transport-logistika, shuningdek, sanoat loyihalari va sanoat klasterlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi. Forumda Rossiya tomonidan 150 dan ortiq tashkilotdan 360 dan ortiq kishi ishtirok etadi.

Tadbir oldidan Mishustin «O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan» milliy sanoat ko‘rgazmasiga tashrif buyuradi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring