Rossiya TIV: «Suriyada xalqaro huquqqa ham hujum qilindi»

Bugun, 14-aprel kuni Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQSh va ittifoqchilarining Suriyaga bergan aviazarbasiga munosabat bildirdi. Bu haqda «Gazeta.ru» yozmoqda.
Uning fikricha, nafaqat Suriyaga, balki xalqaro huquqqa ham hujum qilingan.
«Diplomatik nuqtai nazardan qaraganda, AQSh va uning ittifoqchilari nafaqat Yer xaritasida joylashgan bir yerga, balki xalqaro huquq tushunchasi, butun xalqaro aloqalar tizimiga ham zarba berishdi», — deya bayonot bergan Zaxarova.
Biroz avval Tramp mazkur hujumlar asnosida Rossiyaga murojaat bilan chiqib, ruslarni kimyoviy qurollarni yo‘q qilish haqidagi va’dani bajarmaganlikda ayblagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter