Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya va Eron hamkorligi terrorizmga qarshi kurashda samara beradi

Rossiya va Eron hamkorligi terrorizmga qarshi kurashda samara beradi

Foto: «Vestnik Kavkaza»

Moskva bilan Tehron o‘rtasidagi munosabatlar terrorizmga qarshi kurashga samarali hissa qo‘shdi. Bu haqda chorshanba kuni Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deya xabar berdi «TASS».

— Eron va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik bizning nozik mintaqamizda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda juda samarali rol o‘ynashi mumkin, — dedi Zarif.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron Sochi shahrida Suriya masalasi muhokamalarini muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun Rossiya bilan birgalikda harakat qilishga tayyor.

— Biz Suriya inqirozining siyosiy yechimini topish yo‘lini Sochida bo‘lib o‘tadigan kongressda siz va turk do‘stlarimiz bilan hamkorlikda harakat qilmoqdamiz, — dedi Eron vaziri. Uning so‘zlariga ko‘ra, Sochida bo‘lib o‘tgan uchrashuv BMT shafeligida Jenevada o‘tadigan muzokaralarda muvaffaqiyatga erishishga yordam beradi.

Uchrashuv chog‘ida Zarif yadroviy bitim ishtirokchilarini hamkorlikni davom ettirishga chaqirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring