Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saida Mirziyoyeva Larbi Jakta bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Larbi Jakta bilan uchrashdi

Foto: Saida Mirziyoyeva.

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Samarqandda BMTning Davlat xizmati bo‘yicha xalqaro komissiyasi rahbari Larbi Jakta bilan uchrashdi

"Biz davlat xizmatchilarining ishini qanday qilib samaraliroq va zamonaviyroq qilish mumkinligi, qaysi xalqaro standartlarni joriy etish va xodimlarni qanday qo‘llab-quvvatlash kerakligi haqida suhbatlashdik. 

Ayni paytda O‘zbekiston davlat boshqaruvi tizimida kechayotgan islohotlarga alohida e’tibor qaratdik", deya yozadi Mirziyoyeva. 

Larbi Jakta mamlakatimizning so‘nggi yillarda erishgan yutuqlarini yuqori baholab, bugungi O‘zbekiston infratuzilma, innovatsiya va inson kapitali jihatidan butkul boshqacha davlat ekanini ta’kidladi. 

O‘zbekiston bilan BMT o‘rtasidagi hamkorlik misli ko‘rilmagan yuksak darajada. Larbi Jakta bilan uchrashuv ana shu munosabatlarni qo‘llab-quvvatlash va birgalikdagi faoliyat uchun yangi istiqbollarni belgilash uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi, deyiladi xabarda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring