Shahrisabz va Beylagan birodar shaharlarga aylandi
Xabaringiz bor, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning mamlakatimizga davlat tashrifi doirasida «O‘zbekiston – Ozarbayjon biznes-forumi» tashkil etildi.
Forumda Shahrisabz shahri hokimi Sherzod Bo‘riyev hamda Beylagan shahar hokimi Aziz Azizov tomonidan ikki shahar o‘rtasida hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida Ozarbayjon Respublikasining Beylagan shahri hamda Shahrisabz shaharlarining birodarlashgan aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida kelishuv imzolandi.
Kelishuvga ko‘ra, shaharlar turizm, savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shaharlarning ta’lim tashkilotlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalarda hamkorlik qilishi ko‘zda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter